Ficool

Chapter 14 - Filip Peten

Sovuq qish shamoli Fransiyaning strategik shtabga qadar yetib kelgan koʻrinadi.

Shtab ham huddi uy misoli boʻlib ichkarida bir qari hassaga tayanib qolgan stulda zoʻrgʻa oʻtirgan chol. Va tetik turib german idishida sharobni toʻxtatmasdan ichayotgan tetik ammo yoshi 40lardan oʻtib qolgani seziladigan kishi turar edilar.

Shunda sharobni ichayotgan kishi gap boshlab- sizning qahramonlik harakatlaringiz haqiqatdan ham maqtovga loyiq. Siz hech qanday qiyinchiliksiz 100yoki 200yil davomida oʻz ismingizni tarixga yozdirib qoʻya olasiz.

Nima uchun bunday qilayapsiz men juda ham hayronman.

Shunda Qari chol hassasini yerga urib. Siz meni tushuna olmaysiz janob. Men bu orqali Fransiya aholisini saqlab qolyabman. Va kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan havfni. Oldini olyabman deya qoʻli bilan toʻsgan holda yoʻtalib qoʻydi.

Xona harorati yaxshigina issiq boʻla ham lekin bu soʻzlarga shamol ham chidab tura olmagandek. Pechkada yonib turgan olovni bir deganda oʻchirib qoʻydi. Hamma joyni tezlikda qorongʻulik qarshi oldi.

Kishi turgan joyidan bir ikki qadam tashlamoqchi edi. Ammo juda koʻp ichib yuborgan shekilli oldinga bir qadam tashladiyu yerga yiqildi.

Janob hoy janob qayerdasiz. Hoy janob!

Eng noodatiy tarafi esa honada kishidan boshqa odam yoʻq edi. Chol gʻoyib boʻlgan edi.

Chol- sekin asta juda ham sekinlikda koʻzlarini ochdi. Atrof juda ham yorishib ketgan edi. Huddiki xonadagi barcha joyga sham qoʻyilgandek. Inson toʻsatdan qorongʻulikdan yorugʻlikka oʻtsa qanday koʻzi qarashsa va ogʻrisa. Cholni ham koʻzi

Bir zumga ogʻrib koʻzini qoʻli bilan toʻsib oldi. U atrofiga etibor berib qarasaki bu yer strategik shtab emas. Bu boshqa joy hamma joy oppoq va juda yorqin.

Huddi bu joy cheksiz oq xonayu chol bu xonaning oʻrtasida oʻtirgandek edi.

Shu onda bu oqlikni biroz bulgʻab turgan narsa koʻrindi. U boʻylari uzun yuzi koʻrinmas tanasidan bilsa boʻladiki u ayol kishi. Lekin eng gʻalati tomoni uni yorugʻlik emas uning atrofini qandaydur zulmat oʻrab turar edi.

Salom janob maxluq deya bu nomalum shaxs gap boshladi. Uning soʻzlari ancha qoʻpol va keskin ovozi ham ayol kishi boʻlsa ham ancha taxdidli edi.

Sizni bu yerda koʻrganimdan bagʻoyatda xursandman. Mening ismim Illusion.

Men sizga oʻxshab kuchga zor boʻlib qolgan odamlarga kuch beruvchiman.

Chol- hoy oʻzi nimalar boʻlyapti. Kuch beruvchi dedingmi? Qanday kuch deya gapirdi.

Illusion- havotir olma janob maxluq men seni oʻldirmayman. Men sening darajangda vaxshiy emasman. Men senga shuni aytishim kerakki. Seni hayoting juda ham kam qolgan. Menimcha taxminan 4yil yoki undan biroz koʻproq vaqt.

Qoʻllarini kech ochib. Gʻurur bilan- shu sababli ham men senga kuch bermoqchiman chol. Men senga yangi xayot beraman. Sen esa bu yaxshiligim uchun menga. Kublar yetakchisini boshini olib kel!

Chol hoy oʻzi bu yerda nima boʻlyapti menga tshuntir! Men vaziyatga tushuna olmayapman ahir.

Illusion- havotir olma maxluq men sen qilgan barcha ishdan xabardorman.

Shu sababli ham meni oldimda zaif odam roʻlini oʻynash shart emas. Aytganimdek men senga katta kuch beraman. Shu sababli ham men seni tushuradigan dunyoda ham oʻzingni koʻrsat Filipp Peten!

Deya barmogʻini qarsillatdi. Bir deganda barcha narsa gʻoyib boʻldi. Va Peten oʻzga dunyoga oʻtib qolgan edi!

More Chapters