U yana oʻlja kuta boshladi. Kutdi…. Kutdi…. Va nixoyat shamol boshlandi shamol boshida yengil va mayin boshlanib keyin toʻsatdan kuchayib ketdi. Shamol bir deganda shunday kuchaydiki hattoki oʻrgimchak toʻqigan toʻrni ham silkitishni boshladi. Ammo ota oʻrgimchak kechagi toʻyimli oʻvqatni oʻylab kutishda davom etdi u toʻrga panjalari bilan qattiq yopishib olib. Qancha silkinmasin joyidan qoʻzgʻalmadi.
Shunda shamol yana kuchaydi ammo bu safar shu darajada kuchaydiki. U nafaqat pashshalarni hattoki ogʻir va juda zarharli arilarni ham uyga tortdi. Shamol kuchaygandan kuchayib oxiri toʻrni uzib yubordi. Ota oʻrgimchak yerga zarba bilan yeqildi. Va shunda uni inson oyogʻi ezib oʻldirdi. U farzandlari uchun yanada koʻp ovqat olib chiqaman deb. Oʻz farzandlarini otasiz qoldirib ketgan edi.
Uni bosgan esa doyra atrofida oʻtirganlardan biri edi.
Shunda barcha shamlar shamolga qaramasdan olovi yanada kuchaydi. Bu esa barchaga bir birini koʻrish imkonini berdi. Shunda Leapold 2 gap boshladi. U stoʻlda oʻtirgan yagona ayolga qarab. Oʻoʻ siz ahir Yelizaveta Batorisiz toʻgʻrimi?
Batori- yelpigʻichni yuziga tutib. Bu yerda meni kimdur taniy oladi deb oʻylamagan edim.
Shunda janoblar deya yana bir stulda oʻtirgan gapirdi. Men sizlarni tanidim. Siz xonim Yelizavetasiz. Aytishlaricha siz 600dan ortiq yosh qizlarni oʻldirgan ekansiz. Hmm sizni zodagon oyladan deb aldashmagan koʻrinishadi. Siz esa janob Leapold 2 aytishicha siz Kongoda juda koʻp aholi oʻlimiga sabab boʻlgan ekansiz. Gʻalati bilasizmi janob Leapold men sizni ancha muloyimroq deb oʻylagan edim. Ammo hozir koʻryabmanki ancha muncha qattiq va oʻzingizga ishongan odam ekansiz juda ajoyib.
Siz esa janob Filip petensiz toʻgʻrimi? Hmm menimcha toʻgʻri topdim.
Siz oʻz halqingi va millatingizni sotgan vatan xoyinisiz. Janob Peten meni yoshlik chogʻimda sizni qahramon deb oʻrgatishgan edi. Ammo keyin sizni aslida qanday ekanligingizni ketyabman.
Ming afsuslar boʻlsinki men yonimda oʻtirgan odamni taniy olmadim. Menimcha bu odam ham huddi men kabi hech qanday jinoyat qilmasdan noxaq bu yerga kelib qolgan.
Shunda gapirgan odam gapni quvnoq olib. Aytgancha aytgancha oʻzimni tanishtirishni unutibman! Kamina Janob Jimmi Sevil. Ammo siz uchun ruhsat beramanki janoblar va xonim sizlar meni Jimmi deb atashingiz mumkin. Meni bundan boshim yuksaklarga yetadi. Chunki sizlar oʻz davrida eng yaxshilardan boʻlgan qirollik va boy oyladansizlar. Afsuski men shunchaki teleboshlovchiman holos. Shu sababli ham bu yerga nega tushganimga juda ham xayronman dedi.
Leapold bu odam bizni va oʻzini tanishtirgan ekan oxirgi odam ham oʻzini bizga tanishtira oladimi? Oxirgi stoʻlda oʻtirgan odam qolganlarga bir koʻz yugurtirdi. Va atrofga yaxshilab qaradi.
Yaxshi janoblar meni ismim- Jeffri Epshteyn! Tanishganimdan bagʻoyatda xursandman men ham sizlarni juda yaxshi taniyman ammo meni ham nega chaqirishgan bilmayman. Men bir biznesmen odam edim holos. Menda pul topish uchun hech qanday qabih yoʻl kerak emas edi. Va men umirboqiylikga unchalik ham qiziqmayman deya oʻzini oqlab qoʻydi. U Jimmiydek oʻzini oqlash uchun yengil kamediyaga tayanmadi u shuncha asosli gapirgan edi holos. Chunki u juda yaxshi bilar edi bu jamoa ichida eng ayyorini ham juda yaxshi bilishini va unga aldanmasligini.
Peten- men koʻrmayabmanki bu shamlar tez orada oʻchadigan koʻrinadi. Shu sababli ham biz tezroq bu olti burchakdagi kasblardan birini tanlashimiz kerak deb oʻylayman.
