Atrofda faqat. Ichidan mana chiqib turgan uy va uninga qarama qarshi tomonda ham uy bor. Jich va tor koʻcha.
Uy ichida esa Lina bor edi.
Biroz vaqt oldin- Linaxonim!
Lina- Nima deysan Legend?
Legend- men yuqori qonga tashnalikni his qilyabman. Ammo u tor koʻchadan kelyabdi. Biz qilichda jang qilishimizni hisobga olsak. Tor koʻchada jang qilish juda qiyin. Shu sababli ham menda reja bor!
Lina- men uning rejasiga koʻnib shu yerga oʻtdim va manamni chiqardim. Ammo nega shovqin toʻsatdan boshlanib toʻsatdan tugadi. Nega? Raqib zaifmi? Yoʻq boʻlishi mumkin emas. Raqibdan kelayotgan havf mening oldimga qadar bilinyabdi.
Ammo eng havfli tarafi Legend manasini his qilmayabman. Barchasi juda ham jumboqli boʻlib ketyabdi. Tezroq chora koʻrish kerak. Ammo qanday qilib?
Lina- chuqur chuqur nafas oldi va va diqqatini devor tashqarisiga qarata boshladi. Lina- men bu kuchni ishlatishni hohlamayman ammo majbur boʻlaman shu sababli ham men buni qilaman. Lina tanasidan toʻq siyoh rang chiqa boshladi.
Tana atrofidagi aura sekin taʼsir doirasiga ega boʻla boshladi. Va bir zumda.
Lina- men buni qilaman portlash!
Hudud oʻrtacha uzunligi 3metr yoni esa 2metrlik joy siyoh rang randa portladi.
Devor esa tezda buzildi. Va Lina vaziyatni yomon ekanligini koʻrib, tezlikda Orange oldiga otildi va yana portlash. Orange buni sezib qoʻllari bilan yuzini toʻsdi.
Lina esa bundan foydalanib tezlikda Legendni ortiga olib Orangedan 10metrlar uzoqroqga borib oldi. Va tezlikda qilichini olib pazitision shaklga oʻtdi. Ammo afsuski ular orasidagi 10metrlik masofa deyarli toʻliq qon va jasadlar bilan toʻlgan edi. Yerdagi jasadlarni Lina ham koʻrdi ammo uni janglarda tajribasi borligi sababli bu holat. Linaga haddan tashqari taʼsir qilmadi. Toʻgʻri unda ham biroz hayron aralash hayrat boʻldi. Ammo Lina oʻzini ushlab turgan edi. Linani koʻproq Legendni holati hayratga solgan edi. Legend oʻtirgan joyida hayratdan qotib qolgan. Yurak urushu juda tez huddi hozir otilib ketaman degandek. Ammo eng yomon tarafi Legend koʻrinishi uni koʻrgan odam sovuqdan muzlab qolgan deb oʻylaydi. Bu biroz Linani gʻalati qildi. Lina- jin ursin hoy askar oʻrningdan tur. Bitta holatni deb yerga yotib olma. Menga hozir seni har bir zarbang havodek zarur. Ichida- men hozir Legend bilan bu yerdan chiqib keta olmayman. Yetmaganiga raqibdan juda koʻp mana sezilyabdi. Buncha manasi bor odam sekin boʻlmaydi. Demak meni oʻzimni qochib keta olishim ham qiyin masala koʻrinadi.
Unday boʻlsa nima qilishim kerak? Deb turgan joyida Orange hujumga oʻtdi. U shu darajada tez keldiki. Lina ham uni bitta qadam tashlaganini koʻrdi. Orange tezlikda Lina oldida paydo boʻldi va oʻng qoʻli bilan kuchli zarba berdi. Yaxshiyamki zarba toʻgʻridan kelgani uchun Lina unchalik qiyinchiliksiz zarbani koʻrdi va qilichi bilan uni toʻsdi. Ammo Orange qoʻlidagi temr sabablimi yoki Orange oʻzi kuchi nomalum. Zarba juda ogʻir edi. Lina qilichidan temir zangi chiqa boshladi. Lina- boʻlishi mumkin emas uning zarbasi Nightwolfning boltasi orqali bergan zarbasidan ham qattiq. Uning zarbalarini koʻrish va uning ritmiga qarshi ritm qilish juda qiyin boʻladi shekilli.
Lina- portlash deya diapazonni olading qaratib Orangening shundoq tagini portlatdi. Ammo bu portlash unchalik ham katta taʼsirga ega boʻlmagani sababli bu faqat Orangening zarbasini zarba diapazonidan biroz burdi va sekinlashtirdi. Ammo yuqori taʼsir boʻlmadi. Shu sababli ham Lina birdaniga yana bir necha bor portlash qildi. Portlash! Portlash!
Zarba tasiri juda ulkan boʻlmasligi mumkin. Ammo raqibni chalgʻitish uchun bundan zoʻr qobiliyatni topish qiyin.
Lina- qilichdagi pazitsiyasini orqaga surmoqchi boʻldi. Va bosm berishga urindi ammo u bosm his qilmadi. Demak Orange allaqachon qayergadir oʻtdi. U bunday katta gavdasi bilan qayergadir qochib keta olaman deb oʻyladimi hayronman.
Lina- tezlikda koʻzlari orqali manani ohtara boshladi va topdi. Tepadan!
Orange oyoqlari bilan tepadan sakrab zarba bermoqchi edi. Ammo Lina egilib qoldi. Yerga tezlikda tushga Orange Lina qorniga tez ammo aniq urdi. Bir zarba va bu zarba hattoki yerni ham oʻydi. Lina tepaga otilganida qornidagi bosimga chiday olmadi va qon qusib yubordi.ammo shu holda ham kuchini Orange zarba bergan qoʻliga yegʻdi va Portlash!
Lina orqaga uchib yeqildi. Ammo shunday boʻlsa ham U Orangening bir qoʻlini portlatib yubordi. Ammo raqib hali ham tirik.
Orange- nima shu zarba bilan meni oʻldirib boʻladi deb oʻyladingmi? Bilasanmi men oʻzimni qayta tiklay olaman.qoʻlimni Reginiratsiya qilish esa men uchun ish ham emas. Deya qoʻlini tiklanoqchi boʻldi. Ammo qoʻl tiklanmadi, Orange biroz hayratga tushib yana bir bor urindi. Ammo foydasiz. Qanaqasiga qanaqasiga buni oddiy odam qila oladi.
Lina- xarobalar ichidan sekin oʻrnidan turdi va. Bilasanmi men…. Meni zarbalarim unchalik kuchli emas va faqat aniqlikga tayanadi. Va meni portlash qobiliyatimni tasiri va diapazonni unchalik ham katta emas. Lekin men seni tanangni portlatsam u qaytib tiklanmaydi. Bu mening kuchim!!!
Orange- oʻxoʻoʻoʻ demak sen manabu yigitchadan ham kuchlisan. Unday boʻlsa juda ham yaxshi seni birinchi boʻlib oʻldiraman. Deya yana tezlikda Lina tomon otildi. Zoʻrgʻa oʻziga kelgan Lina qilichni mahkam ushladi va pazitsiyasini egallab oldi. Qani kel maxluq!!
Orange bir qoʻlidan ayrilgan boʻlmasin ammo undagi tezlik va imkoniyatlar hali ham hayratlanarli edi.
Lina- qilichiga oʻz manasini sekin asta yegʻa boshladi.
Orange tez kelib qoʻli bilan yon tomondan urmoqchi edi. Ammo Lina toʻsib qoldi yana Portlash ammo faqat bir marotaba emas keta ket ikki marotaba.
Ammo Orange barcha chidamliligini bir qoʻliga yegʻgani uchun. Bu portlash unga tegishli boʻladi. Qoʻlini tezlikda orqaga olib yana toʻgʻridam ammo bu safar qoringa urmoqchi edi. Lekin buni ham Lina qilich qori bilan toʻsdi. Lina- men har safar oʻzimni portlatganimda. Miyyamdagi taʼsir kuchayib boradi. Shu sababli ham men bu qobiliyatni yomon koʻraman. Ammo oʻlishdan koʻra tentakga aylanib qolish ancha yaxshi variant deya. Yana oʻzini portlatdi. Endi Orange unga shunchaki zarba berishdan oʻzini asrashi kerak edi. Chunki ikki qoʻli ham ketdi deyarli barchasi tamom boʻlar edi.
Ammo Lina bunday kuchli bosim berayotgan Orangega uzoq chiday olmas edi. Va yuz osti qorongʻulasha boshlayotgan. Ammo oʻzini zoʻrgʻa tutib turgan edi. Lekin shunda juda tanish mana yaqin masofadadan kelayotganini sezib qoldi va.
Orange- nima bu ketishda meni yenga olaman deb oʻylayabsanmi. Bu imkonsiz narsa meni yengib boʻlmaydi. Anyniqsa nochor holga tushib qolgan odam.
Lina- nima nochor. Meni nochor deb oʻylaysanmi maxluq! Men juda uzoq vaqt davomida juda koʻp jamoani oldi frontda boshqarganman. Va juda koʻp jang oʻtkazganman ammo ularning deyarli hech birida men boshqargan jamoa azosi oʻlmas
edi. Men doimo yuqori aniqlik va qoʻshimcha imkoniyatga tayanaman. Va senga ham men oʻz kuzor karamni olib qoʻyganman. Men seni yengaman deya juda baland ovozda va yuqori gʻazab bilan. Groooooon deb baqirdi shu onda tezlikda tomdadan tomga oʻtgan Gron kichik tirqishli ammo juda katta jang boʻlayotgan joyga sakradi. Va havoda tezlikda qoʻlini mostlab. Orange yuziga qaratdi. Orange buni sezib ortga qaytmoqchi boʻlganida esa Lina Orangening Ikkinchi qoʻliga bosim berish orqali kesa boshladi. Shu sababli Orange joyidan yora olmay tanlov va qurshov holatida qolib ketdi. Va shunda Gron temir qoʻli bilan aniq va bosimni zarbani Orange yuziga aniq urdi. Ammo zarba faqat aniqlik va ogʻroq bilan cheklanib qolmadi bosh parchalanib ketdi. Va Orange tanasidan tezlikda qon otilib chiqa boshladi.
Shu zahoti ogʻir zarba berib yerga tushgan Gron. Ogʻir va texnik nafs olib. Atrofga qaradi yerga va osomnga. Gron nazarida vaziyat unchalik ham yomon emasdek edi. Ammo agar Lina Orangeni zaiflashtirmaganida Gron uni bitta zarba bilan oʻldira olmas edi. Yerga tushgan Orange tanasiga oyogʻini qoʻygan Gron- bu axlat shuncha begunoh odamni oʻldirganiga ishonish qiyin.
Lina- bilasanmi agar yana biroz vaqtga kech qolganingda. Men yomon ahvolga tushib qolar edim.
Linaning yengil tortgan holdagi gapini eshitgan Gron biroz oddiy qarab. Qanaqasiga menimcha bu unchalik ham kuchli emas edi. Yoki men aniq nozik joyiga urdimmikin? Lekin toʻgʻrisini aytsam deganida Gron Linaga qaradi. Ammo Lina yuzi Gronda emas uning ortidagi narsada edi. Lina xayratda qolgan boʻlsa ham lekin qoʻli bilan koʻrsatib- Gron bunga qara dedi.
Gron esa nima boʻldi yoki nima ulkan qoʻshin keldimi deya ortiga qaragan edi.
Orqada Orange turar edi. Eng qizigʻi unga hech narsa qilmagan tirnalishlarsiz. Va juda tetik holda kallasi ham joyida. Lina va Gron tezlikda yerdagi jasadga qaradi. Yerdagi Orange jasadi joyida ammo unda bu kim?
Lina- qanaqasiga boʻlishi mumkin emas. Lina hayratda qolgan va hattoki oʻz koʻziga ishonmayotgan edi.
Gron esa hali ham raqibni toʻliq baholab boʻlmagani sababli. U bu holatni klon deb oʻyladi.
Orange- xoy xaromi! Isqirt oyoqlaringni tanamdan ol.
Gron- nima nima deding sen! Hozir kallangni yana bir bor uzib olaman tshundingmi!
Orange juda oxista ammo haddan tashqari tahdidli- menimcha jang 2ga yoʻq yoki 3ga1 boʻladi. Bu maydon buncha odam uchun juda tor deya qoʻlini orqaga qilib manani qoʻliga yegʻdi va bor kuchi bilan yerga urdi. Bir deganda koʻchani oʻrab turgan ikki asosiy uy parchalanib ketdi. Tepaga chang koʻtarildi uy taxta va devorlari yerga yiqildi.
Bu zarbani koʻrgan Lina holatga juda tez tshundi. Lina- Gron ehtiyot boʻl bu Beds kuchi menimcha u beds 5dan foydalandi bu unchalik ham havfli emas. Muhimi unga haddan tashqari yaqin turmaskindur. Lina- ichida- jin ursin bu men uchun eng xavfli yoʻl ahir mening asosiy uslubim yaqin masofadadan jang qilish boʻlsa. Unda nima qilaman!
Bu vaqtda allaqachon Alexiya tashqariga chiqib qoʻshin bilan aralashib ketgan edi. Shunda kotiba keldi. Alexiyaxonim! Menimcha manbu tor koʻchada juda kuchli jang ketmoqda. U yerda bir uy agʻdarildi. Boramizmi? Yaxshi Sina. Tezroq havfni joylarga borib jangga qoʻshilish kerak ahir.
(Ixtirochi-)Bu urushning koʻlamini tushunish uchun birinchi navbatda. Holat va vaziyatlarni detalma detal tushunib olish zarur.
1-dan bu urushi Reyn daryosiningning eng tinch 5shahridan birida boʻlmoqda. Bu yernda urush sababli uyi buzilgan odamlar juda koʻp. Agar urush jiddiy tus olib koʻplab uylar zarar koʻrsa. Unda davlat bunday zararni qoplay olishi zarur.
Bundan tashqari urushda Brons shahri qoʻldan ketdi degani. Bronsga juda yaqin boʻlgan 4ta qishloq ham dushman qoʻliga oʻtdi deganidur.
Ammo bular vaziyatni toʻliq anglab yetish uchun yetarli sabablar emas.
Har bir bu yerdagi askarlar ham chet qishloq yoki shahardan yonlanmagan. Ularni ham uyi oilasi ainan Bronsda yashaydi. Bu esa bir askar oʻlishini oʻzi ham qancha odamga zarar ekanligini koʻrsatadi. Yetmaganiga esa qarshi urush
Boʻlayotgan kuchlar ham begonalar emas.
Ular ham Brons shahrida tuzilgan Koʻngillilar guruhidur. Bunday kuchlar asosan soʻngi chora sifatida askar boʻlishadi. Agar urush boʻlib askarlar yetishmay qolsa ainan shu guruh ham jangga kiradi. Shu sababli ham ularni oddiy odamlar deb aytish ham mumkin. Endi bu yerda oʻylaydigan joyi ham shu. Askar oʻzi yonida katta boʻlgan. Birga bir qishloq yoki koʻchada oʻynagan. Birga mashq qilishgan odamlariga qarshi jang qilishmoqda. Buning qay darajada qiyin ekanligini ularning oʻzlari biladi. Ahir oʻlim soʻngi choraku toʻgʻrimi? Yoki unday emasmi?
Orange tanasi managa toʻla ekanligini koʻrgan Lina. Biroz hayron qolgan boʻlsa ham ammo oʻzini tiklab olishga majbur edi. Shu bois ham raqibning diapazonni oshganmi yoʻqmi birinchi shuni bilishi kerak edi.
Orange esa bu holatga unchalik ham etiborli emas u koʻproq eʼtiborini tezroq jangni tugatishga qaratayotgan edi.
Lina- sekin asta nafas texnikasi orqali miyyasidagi kichik oʻzgarishlarni bartaraf edi. Yaxshi Gron biz uni yana bir bor boʻlsa ham yengamiz qani ketdik! Gron albatta!
Yerdagi odamlardan sizib chiqayotgan qon sekin muzlashni boshlagani singari. Legend ham joyida muzlab boʻlgan edi. Bunga haddan tashqari emotsiyaga berilib va juda kuchli qoʻrquv his qilgani juda katta rol oʻynagan edi.
Orange raqiblariga yugurib borar ekan. Birinchi boʻlib Lina sakrabturib otildi. Gron esa qoringa urish uchun oldindan hujumda davom etdi. Lina va Gron oʻylashar ediki. Ular birdaniga hujum qilsa ularni Orange toʻxtata olmaydi deb. Ammo bu xato edi Orangening 3-tanasi 2-tanadan ham sezilarli darajada kuchli edi. Shu sababli ham Orange oyoqlari bilan yerni juda qattiq bosish orqali yerga bosim berdi. Yerdan bosim tasiri orqali chiqayotgan toʻlqin esa Gronni unchalik boʻlmasa ham ammo orqaga itardi. Havodan kelayotgan va biroz narsaga tayanib turmagan Lina esa bosim tufayli orqaga uchib ketishini sezdi. Shu sababli ham Orange qoʻllariga yaqin kelganida portlashdan foydalandi.
Va orqaga itarilib uy xarobalariga urildi.
Vaziyatni oʻz foydasiga burgan Orange oʻylab oʻtirmasdan tezlikda Gronga xujumga oʻtdi.
Xavfni sezib qoʻllari orqali yuzini toʻsib olgan Gron zarbaga tayyor edi.
Orange oʻng kuchiga katta kuchini yegʻib oʻz kuchini koʻrsatib qoʻyish maqsadida. Ochiq boʻlsa ham qorniga emas ataylab toʻsib tayyor turgan temir qoʻllar oʻrtasiga urdi. Zarba oqibatda temirdan juda yuqori chastotali tovush chiqdi. Va Orange zarbasidagi bosim Gronni tik turgan holda 2metr ortga itardi.
Gron- aah agar yana ozroq qattiq urganida qulogʻimni sezmay qolar edim. Temir qoʻl boʻlishini shunaqa zaif taraflari ham bor ekan-da demak! Ha mayli baribir meni bu qoʻlga koʻp bogʻlanib qilmoqchi emasman. Ammo meni yanada koʻproq oʻylantirgan narsa bu. Qanaqasiga u meni himoyamni bu darajada orqaga sura oldi. Bu imkonsiz ishdek edi ahir.
Atrofda yangi tovush eshtila boshladi. 2ot tovushi va ular bu kichik ammo endi xarobalar bilan toʻla boshlagan koʻchaga kelayotgan edi. Va bu otlar koʻchani boshgi tarafiga toʻxtashdi. Otdagilar esa Alexiya va kotiba Sina edi. Otlarda bu yerga Alexiya atrofni tekshirish uchun kelgandi Sina esa unga ergashgan va ammo muammo shunda ediki ular ortida. Boshqa askarlar yoʻq edi faqat ular ikkisi. Bu esa holatni bir tomondan yaxshilasa ammo ularni qanday jang qilishi nomalum ekanligi sababli yomonlashtirar edi.
Alexiya shunda tez va dadillikda otdan tushdi. Sina ham unga ergashdi. Alexiya va Sina qilichlarni qinidan chiqib. Bu yerda nimalar boʻlyapti oʻzi? Kimdir bizga aytib bera oladimi vaziyatni. Deya jang maydoniga kirib kelishdi.
Orange- oʻxoʻoʻ kimlarni koʻryabman. Men oʻylagandimki bu shahardagi yuqori amaldorlar. Oʻz uyida berkinib oʻtirib olib bu yerga kelishmaydi deb. Ammo koʻrinishidan bu gaplar sizdek qizga tegishli emas ekan.
Alexiya- ovozingni oʻchir. Oʻzi sen kimsan yerdagi jasadlarni sen qildingmi?
Ular oddiy odamlarga oʻxshaydi. Nima uchun ularni oʻldirding!
Orange- heee oʻldirdim yoʻq bu gap biroz men uchun qoʻpol. Men ularni oʻldirmadim aksincha. Zerikarli, tashvishlarga boy, hech qanday obroʻ yoki martabaga ega emas boʻlgan bu dunyodan. Ularni qutqardim. Qoʻlini musht qilib, Ular bu uchun menga rahmat aytishlari kerak aslida! Lekin mayli murdalar gapira olmaydiku ahir. Deya yana jiddiy qiyofasiga qaytib oldi.
Sina- Alexiyaxonim sizdan iltimos qilib soʻrayman. Emotsiyaga berilib men ishonch bilan ayta olamanki. U oʻz oldiga bizni yaqinlashtirmoqchi. Biz esa bunga yoʻl qoʻya olmaymiz. Shu sababli ham iloji boricha undan uzoqroqda kamida 5diapazon uzoqlikda jang qiling.
Alexiya- yaxshi ammo unga yaqin bormasdan yengib boʻlmaydiganga oʻxshaydi. Lekin harakat qilaman.
Lina- vaziyatni yana ozoroq choʻzgan boʻlar edi ammo raqib ham bu vaqt ichida nafas rostlab mumkin. Shu sababli ham tezlikda Alexiyaga koʻz orqali ishora qilib oʻzi esa hujumga oʻtdi.
Orange joyidan qimirlamay raqib kelishini kuta boshladi.
Lina- Orangening oldi zarbasiga juda yaqin keldi. Ammo chap berib oʻtdi. Ammo oʻng qoʻl zarba yana oʻng tarafdan qaytayotganligi sababli. Lina oldiga yura olmadi va egilib. Zarba tepasidan oʻtdi. Orange- qoʻlga tushding deya chap qoʻli bilan pastdan zarba bermoqchi edi. Ammo bu zarbani Gorn pastdan bergan oʻz zarbasi bilan toʻstdi. Temirdek musht haqiqiy temirga qarshi. Ammo Gron Linani oʻz yoniga oʻta yaqin kelishi qay darajada havfli ekanligini bilar edi. Shu sababli ham oʻng oyogʻi bilan uni tepmoqchi boʻldi. Ammo Gron men hali tirikman degandek qilib oʻng qoʻlini Orange- chap qolidan tezlikda oldi. Va Orange oyogʻini ikki qoʻli bilan toʻsib qoldi. Orange esa bundan foydalanib Gronning ortgi qovurgʻasiga urdi. Ammo bu oddiy zarba emas. Gron tanasi huddi toʻkilib tushgandek boʻldi. Ammo oʻzida kuch topib chidadi. Lina esa qilichi bilan maksimal diapazonga keldi. Ammo portlash oʻrniga qilichi bilan qorniga zarba berib. Qornidan kesib tashlamoqchi boʻldim lekin befoyda Orange tanasi toshdek qattiq. Ammo qilich sinib ketmadi demak oz boʻlsa ham umid bor.
Bu vaqtda Alexiya tezlikda sakrab qilichi bilan Orangega urmoqchi edi. Zarbani sezgan Orange oʻng qoʻli bilan orqaga urishgan urindi. Lekin Alexiya zarbasi ham befoyda ketmadi. Alexiya yelkaga boʻlgan zarbani sekinlashtirib. Qoʻlga zarba berdi.
Sina ham hujumga oʻtishga urinib Linaga yordam beraman deb Orange tanasiga juda yaqin keldi. Va barchasi shu vaziyatda boʻldi.
Orange havfni sezib tanasini managa toʻldira boshladi. Bu oddiy narsadek boʻlishi mumkin ammo manani toʻgʻri ishlata oladigan odam undan portlovchi qurol sifatida foydalana oladi. Va buni butun jamoa bilan edi. Vaziyat yomon jamoaning barcha asosi (Legenddan tashqari) tana oldida. Va bundan foydalangan Orange manani tanasi boʻylab zichlashtirib. Tezlikda oʻzini kamida uzunligi 10metr endi 5metrlik diapazondan juda kuchli portlash hosil qildi. Bu juda yomon portlash edi. Portlsh natijasida yerda yotgan murdalar ham sakrab ketdi.
Buzilmay qolgan devorlar esa qulab tushdi. Va hattoki mikro darajadagi mavjudod va maxluqlarni ham qamrab oldi.
Ammo bu portlashni oldindan sezgan kotiba. Sina vaaziat yomonlashib ketishini tshundi. Tortish nomli qobiliyati bilan. Portlsh taʼsirini sheriklaridan oʻziga tortib oldi. Lina buni koʻrib tezlikda Orangening qornidan qilichni olib oyogʻiga urdi. Gron esa Orange yuziga urib uni biroz muvozanatdan chiqardi. Ortda Alexiya Sina zarbasiga yoʻl ochish uchun. Tezlikda oʻzini managa toʻldirib Orange oʻng qoʻlini kesib tashladi. Va chap qoʻldan kelayotgan zarbani qaytarib toʻxtab qoldi. Vaziyat va raqib ochiq ekanligini koʻrgan Sina tezlikda qilichi bilan sakrab. Orangening boʻyniga urdi. Kutilganidek juda qattiq ammo Sina qaytarish deya portlash taʼsirini Orange boʻyniga oʻtkazidi oʻzi esa ortga sakrab tushdi. Vaziyatga toʻliq tushunib ulgurmagan Orenge boʻyni energiyaga chiday olmay. Portlab ketdi va Orenge shu zahoti yana murdaga aylandi. Ammo hali ham jang tugamagan.buni sezgan Lina yana tezlikda pazitision holatga oʻtdi.
Alexiya nima boʻldi Lina ahvoling joydami?
Lina- buni tushuntirishga vaqt yoʻq. Ammo qisqa qilib aytaman. Orange hali oʻlmadi menimcha uning jami tanasi 4ta. Chunki u bilan har safar jang qilganimizda uning kuchi oshib bordi. Va bu uning oxirgi tanasi va Maksimal kuchi. Tayyorlaning!! Deya baqirdi.
