Ficool

Chapter 5 - Alexiya

Kristallar qazib olish ishlari sekin asta yaxshilana boshladi. Menimcha bunga sabab biz birlashgan stulga asos solgani miz va unga Klavusni qoʻshganim boʻldi. Odamlar Klavusga ishonadi. Bu esa meni taʼsir doiramni keskin yaxshilaydi. Ammo koʻnglimda qanday gʻamlik bor. Anchadan beri ich etimni nimadur. Toʻxtovsiz yemirmoqda.

Ertasi kuni qishloq koʻchasida aylanib yurgan vaqtimda. Oldimga bir yigit kelib qoldi. Uning yuzi tanish edi. Boshida uni ozroq tanimadim ammo keyin oʻshanda qishloqni oʻzimga ishontirmoqchi boʻlganimda. Ota onasi oʻlimi haqida gapirgan bola edi. U menga qandaydir gʻazab va gʻashlik bilan biroz qarab turdi. Keyin esa biz ishonmayabmiz.

Bizga isbot kerak siz janob Artur. Bizga bu kirilldan iliksir tayyorlash mumkin dedingiz.

Buni koʻrsatib isbotlab bering. Biz biroz miqdorda kristall yegʻib qoʻydik.

Artur- uning gaplarida ham jon bor. Men buni isbotlamasam. Bunga ishonish qiyin. Ammo hattoki qora koʻmirdan ham farmatsevtika dorilari tayyorlanayotgan bir vaqtda. Oʻzi dori tayyorlash uchun chiqarilgan kristalldan hali ham dori tayyorlamaganim. Va uni aholiga koʻrsatmaganim. Bu menda shubha uygʻotadi.

Artur- mayli yur yigitcha. Buni koʻrsatish men uchun muammo emas.

Men qaroqchilarni uyiga kirdim ammo bu safar boʻshxona oʻrniga. Konchilik asbob uskunalari bilan toʻlib ketgan. Uy markaziga esa qazilgan kristallar tashlangan edi. Men hozircha qazilgan kristallar soniga qarab shuni ayta olamanki ish sifati unchalik ham yomon ketmayapti.

Menga konda ishlayotganlar xonaning burchak burchagiga turib olib qarab turishar edi. Yaxshilab etibor berib qarasam ularda menga boʻlgan ishonch unchalik ham baland emas edi. Bu ularning yuzlaridan ham bilinib turardi.

Yaxshi yigitlar dedimda. Xona markaziga bordim. Qoʻlimga bir Kristallni oldim. Oʻxoʻ bu kutganimdan sovuqroq. Demak bu yerda ish toʻxtab qolgan. Va bu yangi emas. Ammo buni unchalik ham ahamiyati yoʻq. Qoʻlimga olgan Kristallga sekin asta ruhiy kuch oʻtkaza boshladim, birinchi navbatda tanamdan ruhiy kuchimni tashqariga chiqardim. Tashqariga chiqgan kuchni esa kristallga yoʻnaltirdim. Koʻzlarimni yumgan holda ruhiy kuchimni nazoratini biroz oshirib. Kristaldagi zararli va ruhiy kuchimga havf solayotgan bakteriya va parazitlarni. Kristallni oʻrab olgan ruhiy kuch orqali oʻldira boshladim.

Atrofdagilar biroz hayrat aralash, menga qarab turishar edi. Xonadagilar uchun bu jarayon juda qiziq edi.

Men esa barcha zamburugʻlarni oʻldirib boʻlgach. Kristalldagi foydali moddalarni koʻpaytirishim kerak edi. Ammo bu imkonsiz chunki men biolog emasman. Shu sababli ham ozroq hiyla qilishga qaror qilgan edim uyda yotgan vaqtimda.Bu uchun men ruhiy kuchimni juda yuqori haroratga sekin asta keltira boshladim kuchni qiziqishi oshaveradi oshaveradi. Ammo bu menga sezilmas, tashqi tomonga esa koʻrinmas edi shu sababli ham atrofdagilar. Nima boʻlayotganini bilishmas edi.

Men foydali bakteriyalarni shaffoflik qobiliyatini zichlashtirganim kabi. Bir biri bilan ulay boshladim va foydali bakteriyalarni ancha mustahkamlashtirdim. Kristal ichki tomondan foydali va davolash qobiliyatni oʻzida jamlay boshladi. Ammo tashqi taraf hali ham qattiq va zararli boʻlib turgan edi. Buni damlama qobiliyatiga keltirish uchun esa men ichki va tashqi tarafdagi issiqlikni. Bir joyga yegʻa boshladim. Aslida bu kristall haddan tashqari qattiq va ancha munchaga erimaydi. Ammo mening issiqlik kuchim uni eritish va suyuqlik holatiga keltirish uchun yetarli. Shu orqali men kristallni muvofaqiyatli suyuqlik shakliga keltirdim.

Va u yerga tomchilay boshladi.

Artur- jin ursin idish beringlaaaaar!!!

Konchillar biroz shoshib qoldi. Ammo hursandman yonlarida idish bor ekan tezlikda unga quydik.

Artur- men ortiqcha gapirib oʻtirgim va ulara mana ishoning degim kelmadi. Tajribani birinchi boʻlib oʻzimda oʻtkazish yaxshiroq deb oʻyladim. Konchillar qurollari orasida kristallni ehtiyotlik bilan chiqarish uchun moʻljallangan kichik pichoqchani oldim. Va sekin asta qoʻlimga qon oqadigan darajada chiziq tortdim. Atrofdagilar bu holatga biroz be parva boʻlib qolishdi shu sababli ham. Artur- hurmatli aholisi hozir qarab turinglar dedimda va folfesat iliksirini qoʻlimga biroz quydim. Kutganimdek jarayon mustahkam bakteriyalar sabab sezilarli darajada tez boʻldi. Kristall ichidagi foydali bakteriyalar tanamga tushib. Qon oqayotgan joydagi zarur bakteriyalar bilan jang qildi. Folfesat bakteriyalari birlashish natijasida ancha kuchli edi shu sababli ham osongina gʻalaba qilishdi. Keyin esa sekin asta tanam boʻylab sochila boshlashdi bu esa huddi reginiratsiyaga oʻxshar edi. Va bu rostdan ham folfesat teri bilan birlashib yanada. Yaxshi boʻldi shu sababli ham buni bemalol davolovchi iliksir deyish mumkin.

Bu holatni koʻrganlar nima qilishni bilmay qolishdi va qoilll deya biroz baqira boshlashdi. Atrof muhit tezda muzdek sukunatdan shamoldek shovqinga toʻldi. Klavus ham Netzer ham nima boʻlmaybdi bu yerda deb kelishga edi. Shu sababli ham ular ham holat gunohlariga aylanishdi. Ammo buni bitta yomon tomoni bor edi. Buni faqat men tayyorlay olar edi. Chunki bu qishloqda faqat mening ruhiy kuchim. Chegaradan tashqarida!!

Bu voqea qishloqda ruda qazib olishni keskin oshirdi. Ammo hali ham bir muammo turar edi. Va buni tezroq hal qilishini kerak ekanligini koʻnglim sezar boshladi. Klavus- nega bunchalar koʻnglingiz gʻash janob Artur. Nima boʻldi?

Artur- iliksir tayyorlash ajoyib toʻgʻri. Ammo uni kimga sotamiz shunisi muammo. Agar toʻgʻri eslasam bir kishi bu masala boʻyicha yordam bera oladi. Ammo undan yordam soʻragim kelmayapti. Bu aniq yaxshilik bilan tugamasligini koʻnglim sezyabdi.

Shu payt men va Klavusni meni uyimda choy ustidagi suhbatga. Ikkinchi qavatda oʻz xonasidan tushayotgan Rina qoʻshildi.

Alexiyani aytyabsanmi?

Artur- haa boshqa yana kim boʻlishi mumkin oʻz!!

Rina- haqiqatdan ham Alexiyaning qoʻlidan kelishi mumkin ammo. Buni qandaydur haq evaziga qilishi aniq.

Artur- men ham shu fikrdaman. Ammo nima qilishga hayronman boshqa yoʻllar juda uzoq vaqt oladi.

Rina- unday boʻlsa sen Alexiyadan yordam soʻrashing kerak. Boshqa yoʻling ham yoʻq oʻzi.

Artur- ha ha mayli. Unda choyimni ichib olay. Yoʻlga chiqaman!

Shahar koʻcha markazida favvora bor ekan. Gʻalati buni oldin koʻrmagan edim yoki koʻrgan boʻlsam ham. Pul sanash bilan band boʻlganman. Ha mayli endi bu haqida oʻylash uchun kech. Artur shunday oʻylanib turganida oldiga Alexiya keldi.

Alexiya- oʻta muhim ish deganing uchun shoshilib keldim. Hoʻsh nima boʻldi?

Artur- Alexiya sen hattoki harbiy foʻrmadasan. Hattoki zarracha ham oʻylab koʻrmadingmi balki seni uchrashuvga chaqirgandurman? Alexiya- juda tez va yuzini burishtirib. Yoʻq boʻlish mumkin emas deb boshlangan hazilni shu zahoti oʻldirdi.

Bizning suhbatimiz kutganimdan ancha tez tugadi. Menimcha bunga mening toʻxtovsiz gapirganim sabab boʻldi shekilli. Rostda undan umuman yordam soʻrash niyyatim yoʻq edi oʻzi. Shu sababli ham tez tez gapirdim.

Alexiya- demak tshunishincha men sizlarga moddiy yordam berishim kerak? Va sizlar doʻkon ochasiz. Evaziga esa bu qarzni bir kun qaytarasan shundaymi?

Lekin agar men yordam bermasam. Sen buyumlaringni sota olmaysan toʻgʻrimi?

Artur- yuzini gʻishtdek qilib- ha toʻgʻri.

Alexiya- hoy Artur ozroq yumshoq gapir ahir mendan pul soʻrayabsan.

Artur- shukur qil uyim yonib ketdi deb soʻraganim yoʻq-ku.

Yaxshiyamki bu safargi hazilimga u tshundi va kula boshladi. Bu esa vaziyatni ozroq yumshatdi deb turgan paytimda!

Alexiya- yaxshi beraman pul ammo evaziga. Bir kun kelib meni bir shartimni bajarasan!!

Artur- jin ursin shu muammolar ham menga kerakmidi. Bu qiz kulib turib menga shart qoʻyadi. Artur seskanib ketdi- eee qanday qoʻrqinchli!

Suhbat juda ham yaxshi ketayotgan. Atrofda esa odamlar odatiy aylanib yurgan edilar ammo. Bu hursandchilik uzoq choʻzilmadi.

Arturni koʻngli negadur gʻash boʻla boshladi. Va u qandaydur tarzda atrofga qarashni boshlandi. Hamma joy yaxshi. Lekin unda nimaga koʻngil gʻash?

Artur toʻsatdan nimanidir sezgandek osmonga qaradi. Osmondan esa qandaydur oq tosh bor edi. U kichik hajmi tahminan. Artur- topgan va Mirindani chaqirga qizil tosh hajmi bilan bir xil edi. Ammo bu ikki tosh oʻrtasida farq faqat rangda edi.

Va bu tosh osmondan yerga yetmaganiga ainan Alexiya oʻtirgan favvora tomonga qarab kelayotgan edi.

Buni koʻrgan Artur be ehtiyor. Gaplarda davom etayotgan va hech narsaga etibor bermayotgan Alexiyani quchoqlab. Tezlikda oʻzini pana qildi. Va tosh juda katta tezlikda aini favvoraga kelib urildi. Va Buuuuum!!!!

Bir zumda atrofidagi barcha narsani, oilasi bilan aylanib yurgan odamlarni, oʻsha joydan doʻkon ochib oliasini shu doʻkon haqidagi boqadigan doʻkonchini, men bugun oʻzimni koʻrsataman deb patrullikga chiqgan yosh askarni, havo almashtirish uchun oʻz uyidan tashqariga chiqgan ayolni, va bugun qizlarga sevgi izhor qilamiz deb chiqgan daydi yigitlarni. Bu shahar markazi boʻlgan favvora atrofidagi barchani bir zumda tekksilab tashladi.

More Chapters