Ficool

Chapter 27 - Oʻlik Ritsorlar

Birozdan so'ng…

Yer ostidagi sukunatni faqat nam tuproq hidini yorib o'tgan sehr oqimi buzardi. Saf tortib yotgan ellikka yaqin nekroman jasadlari oy nuri ostida oqarib ko'rinardi.

Artur ularni birma-bir kuzatdi.

— Demak, bu yerda ellikka yaqin nekroman bor… to'g'rimi? — dedi u past ovozda. — Men buni tajriba uchun sinab ko'raman. Agar ularning to'qimasini aniq topsam… katta ehtimol bilan o'xshaydi.

U sekin qo'lini bir nekroman ritsorning sovuq zirhiga tekkizdi. Ko'zlarini yumdi.

— Unday bo'lsa… uning ruhiy markazini topishim kerak.

U ichki sezgilarini chuqurlashtirdi.

— O'liklarda ruhiy kuch bo'lmaydi. Chunki o'lgan zahoti u tanani tark etadi… Shunday ekan, men yurak markazini topishim kerak.

Uning ongida qorong'i tana ichki tuzilmasi paydo bo'ldi. Muzlab qolgan qon tomirlari, harakatsiz mushaklar… va sukunat.

— Topdim…

— Yuragi urmayapti. Ishlashdan to'xtagan. Demak… uni ruhiy kuchim bilan majburlab harakatga keltiraman.

Artur kaftidan yurakka tomon mayin, ammo zich ruhiy oqim yubora boshladi. Avvaliga hech narsa bo'lmadi. So'ng…

Muzlab qolgan qon tomirlari ichida mayda titroq paydo bo'ldi.

Sekin.

Yana sekinroq.

So'ng yurak bir marta siljidi.

Artur peshonasidan ter oqayotganini sezdi.

— Agar butun tanani nazorat qilmoqchi bo'lsam… ruhiy kuch har bir burchagiga yetishi kerak. Uni to'liq to'ldirishim kerak…

U kuchni oshirdi.

Ruhiy oqim mushaklarga, suyaklarga, hatto bo'g'imlarga singib bordi.

— Menimcha… tugadi.

Artur qo'lini tortdi.

Bir necha lahza hech narsa bo'lmadi.

So'ng jasadning ko'kragi keskin kengaydi.

Qarsillagan tovush eshitildi.

Tana qaltirab, o'zini ichkaridan sindirgandek harakatlana boshladi. Och jigarrang, g'alati rangdagi qalin teri uning butun tanasini qoplab oldi. Zirh yorilib ketdi. Mushaklar shishib, kattalashdi.

Nekroman oddiy shaklda qaytmadi.

U o'sdi.

Yana o'sdi.

Arturdan ham balandroq bo'lib ketdi.

Kamida ikki yarim metr.

Qo'lidagi qilich ham o'zgarib, ulkan qora pichoqqa aylandi. Tanasi qalin, gavdali, qo'rqinchli edi. Boshida ko'z yo'q — ko'z o'rnida qorong'i kovaklar. Burni yo'q. Ammo og'zi bor edi.

Va u og'zini ochdi.

— KRAAAAAANG!!!

Yer titradi.

Artur jilmaydi.

— Xo'sh… endi sinab ko'ramiz. U kimga bo'ysunar ekan? Uni chaqirganga… yoki uni o'zgartirganga?

— Kronvel, boshla.

Kronvel oldinga chiqdi.

— Hoy, o'lik ritsor! Men senga buyuraman — qilichingni darhol yerga tashla!

Maxluq boshini sekin burdi.

Buyruqni eshitdi.

Ammo qimirlamadi.

Sukunat.

Endi javob deyarli aniq edi.

Artur oldinga chiqdi.

— Hoy, o'lik ritsor. Men senga buyuraman — qilichni yerga tashla.

Bir zum.

So'ng ulkan qilich yerga gumburlab tushdi.

Ritsor tiz cho'kdi.

Va boshini egdi.

Artur kuldi.

— Ajoyib…

Uning ko'zlari sovuq chaqnardi.

— Unday bo'lsa… qolganlarini ham o'zgartiramiz.

U past ovozda kuldi.

Tunda.

Osmon yulduzlarga to'la edi. Ular bor kuchi bilan yorug'lik sochardi. Qishloq sukunatga cho'mgan.

Artur va Kronvel hech kimga bildirmay ortga qaytishardi. Ularning ortidan esa jim turib harakatlanayotgan ulkan o'lik askarlar saf tortgan.

Kronvel past ovozda dedi:

— Janob Artur… yaxshiyamki tunda qaytyapmiz. Agar buni Klavus ko'rsa… o'sha joyning o'zida jon taslim qilardi.

Artur kulimsiradi.

— To'g'ri aytasan.

Ular uy oldiga yetib kelishdi.

Artur nekromanlarga qaradi.

— Hmm… yana bir muammo bor. Ular eshikdan sig'maydi. Sig'sa ham… bunday son uyga joylashmaydi.

Bir zum o'yladi.

— Unday bo'lsa, shu yerning o'zida portal och. Men uni ruhiy kuch bilan mustahkamlab turaman. Barchasini ichkariga kiritamiz. O'zimiz esa ertaga o'tamiz.

Kronvel bosh irg'adi.

— Ajoyib g'oya.

U sehrini to'play boshladi.

Tanasi taranglashdi. Yuragi tez ura boshladi. Qon tomirlari kengaydi. Ko'zlarining rangi o'zgardi.

U qo'lini oldinga cho'zdi.

Havo yorildi.

Kichik, tebranib turgan portal ochildi.

Ammo u juda tor edi.

Kronvel tizzasiga cho'kib qoldi.

— La'nat… bugun juda ko'p mana sarfladim…

Artur tezda uning yelkasiga qo'l qo'ydi va ruhiy kuch yubordi.

Portal titradi.

So'ng keskin kengaya boshladi.

Aylanma qorong'i makon ichida 4-o'lchamning xira manzarasi ko'rina boshladi.

— Ajoyib. Oldinga!

Ulkan o'lik askarlar birma-bir portal ichiga kirib ketishdi.

So'nggi maxluq ham g'oyib bo'lgach, Artur chuqur nafas oldi.

— Mayli… ertaga ko'rishguncha.

U ruhiy kuchini tortib oldi.

Portal sekin yopildi va qorong'ilik yana joyiga qaytdi.

Shu tariqa, o'lik askarlar 4-o'lchamga o'tkazildi.

More Chapters